MBA - Moliya

Moliya (Master of Business Administration – MBA) dasturi barcha iqtisodiyot tarmoqlari, byudjet tashkilotlari, turli soha va yo'nalishlar uchun moliya sohasidagi oliy va yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha jahonda universal ta'lim dasturi deb tan olingan. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining MBA dasturi bu - dunyodagi e'tirof etilgan standartlarning o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy hamda amaliy dasturdir.
Kimlar uchun?
Dastur moliya va buxgalteriya sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlar - biznes egalari va yuqori darajadagi boshqaruvchilar, moliyaviy boshqaruv organlari, kasbiy o'sishga qiziqqan, moliya sohasida o’z bilimini yanada oshirishga intilgan, strategik fikrlash, shuningdek moliya intizomini sifat jihatdan yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
“Moliya va Buxgalteriya hisobi” magistri darajasi bugungi global biznes bozorlarida murakkab biznes muammolarini hal qila oladigan yuqori malakali moliyachi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassislarini tayyorlash uchun mo'ljallangan. Dastur nufuzli malakaga ega bo'lish ьщдшнф va buxgalteriya hisobi, audit va soliqqa tortish bilan bog'liq sohalarda muvaffaqiyatli professional martaba qurish uchun zarur bo'lgan noyob imkoniyatlar va o'z-o'zini rivojlantirishning tabiiy yo'lini taqdim etadi.
Dasturning maqsadi:
Zamonaviy moliya tizimini chuqur o'rganish;
Jahonda moliya va buxgalteriya hisobi yo’nalishidagi yangi tendensiyalarni tahlil qila olish
O'quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta'minlash;
Moliya sohasida muvaffaqiyatli kar'yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.
Dasturning afzalliklari:
O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;
Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;
Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professor o'qituvchilarni ta'lim jarayonlariga jalb etish;
Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;
Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.
Dasturning o'ziga xos xususiyatlari:
Dasturning o'ziga hos hususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga biznes boshqaruvini rivojlantirishning yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, tinglovchilar moliyaviy menejment, hisobot berish, soliqqa tortish, audit, etakchilik va axloq kabi sohalarni qamrab olgan xalqaro miqyosda tan olingan buxgalteriya sertifikatiga ega bo'lish imkonini beradigan tegishli va fundamental bilimlarga ega bo'ladilar.
-
Qo'shimcha ma'lumot
Mutaxassislik kodi Mutaxassislik nomi Kvalifikatsiya Ta'lim shakli O‘qish muddati Qabul vaqti Kontrakt summasi(so‘m) 70410901 Biznesni boshqarish(MBA - Moliya) Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi Kunduzgi Sirtqi 1,5 yil (Kunduzgi) 2 yil (Sirtqi) Qabul komissiyasi:Iyul-Avgust
O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr
O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi 25,0 mln. so‘m Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy ma'lumotga ega bo‘lishi va OTMni tugatgandan so‘ng kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- 45 yoshgacha (yosh bo‘yicha cheklov faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli).
Imtihon jarayoni:
- Suhbat (mutaxassislik va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);
- DTM testlari (mutaxassislik va ingliz tili bo‘yicha).
Ingliz tili afzalliklari:
- CEFR darajasi bo‘yicha B2;
- IELTS – 5.0 ball;
- TOEFL – kamida 72 ball.
Kerakli hujjatlar:
Magistraturaga kirishni istagan nomzodlar rasmiy veb-sayt orqali maktab direktoriga murojaat qilishadi va quyidagi hujjatlarning nusxasini taqdim etishadi:
- Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
- 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
- Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).
O‘qishga ariza topshirish:
Hujjatlar faqat elektron shaklda, Maktabning rasmiy veb-saytiga yuklash orqali qabul qilinadi.