Andijonda “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

18-05-2026 | 109

Andijonda “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #CareerDay #JobFair

Joriy yilning 18-may kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Andijon viloyat hududiy filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti hamda qator tashkilot va muassasalar hamkorligida fakultet bitiruvchilari uchun “Karyera kuni”ga bag‘ishlangan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka tashkil etdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularni viloyatdagi tashkilot va muassasalarga ishga joylashtirish hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida tashkilot va korxonalar vakillari talabalarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirdilar. Bitiruvchilar esa potensial ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish hamda kelgusidagi ish faoliyati yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. Xususan, tadbirkorlikning zamonaviy tamoyillari, kichik biznesni rivojlantirish strategiyalari, iqtisodiy islohotlar hamda tadbirkorlik ekotizimi barqarorligini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar va ta’lim loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.