Yangiliklar
Farg ‘onada tejamkor boshqaruv bo‘yicha O ‘quv-amaliy seminar yakunlandi
16-10-2026 | 32
2026-yil 12–16-oktyabr kunlari Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamkorligida Germaniyaning SES tashkiloti bilan birgalikda «Tejamkor boshqaruv tizimi» mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi 30 ta sanoat korxonasi va tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar Germaniyalik biznes-maslahatchi, tejamkor ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi ekspert doktor Feliks Fremerey tomonidan olib borildi.
Seminar davomida ishtirokchilar 5S, Kayzen, PDCA, Kanban va qiymat oqimini xaritalash kabi zamonaviy boshqaruv usullarini o‘rgandilar. Ushbu yondashuvlar orqali ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni aniqlash, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish, resurslardan oqilona foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish masalalari amaliy misollar asosida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sanoat korxonalariga tashriflar tashkil etilib, ishlab chiqarish jarayonlari joyida o‘rganildi. Korxonalar faoliyatini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida ishtirokchikarga sertifikatlar topshirildi. Mazkur tashabbus sanoat korxonalarida tejamkor boshqaruv tamoyillarini joriy etish, mahsulot tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa Farg‘ona viloyati sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini mustahkamlash va ilg‘or xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi