Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari “Rozmetov Z.M.” korxonasida

15-10-2026 | 51

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari  “Rozmetov Z.M.” korxonasida

#GSBE #GraduateSchool #RozmetovZM #Experience #Education

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rozmetov Z.M.” MChJ korxonasiga amaliy tashrif buyurdilar. Tashrif davomida tinglovchilar ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar, mahsulot sifatini nazorat qilish, sanitariya talablari hamda tayyor mahsulotlarni qadoqlash va saqlash bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar.

1989-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Rozmetov” kompaniyasi misolida tinglovchilar ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, sifatni boshqarish va biznes yuritish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar. Mazkur tashrif tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha tajriba orttirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ushbu amaliy tashrifni tashkil etishda ko‘rsatgan hamkorligi va yaratilgan imkoniyatlar uchun “Rozmetov Z.M.” MChJ rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildiradi.