Xalqaro ikki diplom: MBA - IT Business (AJOU)

“MBA in IT-Business” qo‘shma ta’lim dasturi - Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning AJOU universiteti hamkorligida tashkil etilgan. MBA in IT-Business bu komponent — IT  xizmatlari va mahsulotlari yordamida biznesdagi muammolarni samarali hal qilishni anglatadi. Zamonaviy bizneslar tobora ko‘proq texnologiyalarga tayanmoqda, biroq texnik bilimlarning o‘zi yetarli emas — ularni bozordagi ehtiyojlarga moslashtirish, raqamli mahsulotga aylantirish va ularni samarali boshqarish ham muhim. Shu sababli: “MBA IT Business” — bu texnologik bilimlar bilan biznes boshqaruvi ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirib, sizni raqamli zamonning yetakchisiga aylantiradigan yo‘ldir.

✔️ Masalan: Biror kompaniya mijozlari kamayib ketganmi? — Siz bu muammoni yechish uchun mijozlar haqidagi ma’lumotlarni (data) tahlil qilib, ularga moslashtirilgan (personalized) marketing platformasi yaratishni taklif qilasiz.

✔️ Kompaniyada ish jarayonlari sekin ishlayaptimi? — Siz avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida operatsiyalarni tezlashtirish bo‘yicha IT yechim taklif qilasiz.

✔️ Raqobatchilar bozorda ilgariga o‘tib ketganmi? — Siz sun’iy intellekt, mobil ilova yoki raqamli mahsulotlar orqali kompaniyaning ustunlikka erishish strategiyasini ishlab chiqasiz.

Dastur Janubiy Koreyaning Ajou universiteti bilan hamkorlikda olib borilib tinglovchilar:

1-yil O‘zbekistonda – Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida,

2-yil Janubiy Koreyada – AJOU universitetida tahsil oladilar.

Dasturning afzalliklari:

✔️ O‘zbekistonda va Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari

✔️ Yetakchi xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan darslar

✔️ Amaliyot va loyiha ishlarida qatnashish orqali real biznes muhitida tajriba orttirish

✔️ Ajou universitetining “IT-Business” va Oliy biznes maktabining magistr (MBA) diplomlari

Shuningdek, “MBA IT Business” dasturi davomida quyidagilar o‘qitiladi:

✔️ IT va raqamli tizimlar asoslari

✔️ Biznes-analitika va ma’lumotlar tahlili

✔️ Startaplar yaratish va boshqarish

✔️ Raqamli mahsulot menejmenti (Product Management)

✔️ Loyihalarni boshqarish (Project Management)

✔️ Innovatsion menejment va texnologik transformatsiya

✔️ Strategik fikrlash va global biznes tendensiyalari

Darslar tajribali o‘zbek va koreyalik professorlar tomonidan olib boriladi.

🎓 Zamonaviy texnologiyalar bilimlarini strategik fikrlash va menejerlik ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy mutaxassisga aylaning.