Hududiy filiallar faoliyati

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallarining asosiy maqsadi va vazifasi barcha viloyatlarda aholini biznes va tadbirkorlikka o'qitish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, tadbirkorlarni sonini ko'paytirishdan iborat. Bu tadbirlar o'z navbatida viloyatlarni iqtisodiy o'sishiga, mahalliy byudjetlarga soliq tushumlarini oshishiga, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga olib keladi.

Aholi qatlamlari (yoshlar va xotin-qizlar)ni tadbirkorlikka o'qitish, tadbirkorlarni biznes boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirish, korxona xodimlarining kasbiy malakasini oshirish orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Hududiy filialda nazariy va amaliy o'quv kurslari, mahorat-darslari va seminarlar olib boriladi.

O'quv kurslari iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi, biznes va tadbirkorlik sohasida zaruriy ko'nikmalarni shakllantirish, ularning turmush tarzini yaxshilash va ish bilan bandligini oshirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kuchaytirishga xizmat qiluvchi katalizator vazifasini o'taydi.

Bunda aholini (yoshlar va xotin-qizlar)ni tadbirkorlikka qiziqishi va manfaatdorligi bo'lgan qatlamlarini tadbirkorlikka keng miq'yosda jalb etish, kambag'allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish ko'zda tutilgan.

Ushbu kurslar orqali respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, Oliy maktab tomonidan 43120 ta aholini tadbirkorlikka o'qitish bo'yicha istiqbolli reja tuzilgan. Mazkur rejani amalga oshirish borasida Oliy maktab respublikamizning yetakchi vazirlik va idoralari bilan samarali hamqorlikni yo'lga qo'ygan. 

O'quv kurslar uchun ma'ruza, amaliy seminarlar, mahorat darslari (master klass)dan iborat bo'lgan, 30 soatdan 120 soatgacha mo'ljallangan.

O'quv dasturlarga tinglovchilarni muvaffaqiyatli tadbirkorlar korxonalarida ish faoliyati bilan joylarga chiqib tanishtirish tadbirlari kiritilgan.

Oliy maktab va uning hududiy filiallarining birinchi darajadagi ishlar jumlasiga o'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish kiritilgan.

O'quv kurslari yakunida tinglovchilar tanlagan faoliyat yo'nalishlariga qarab biznes-reja tuzadilar va test topshiradilar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan o'tgan tinglovchilarga kurs yakuni bo'yicha sertifikatlar topshiriladi.

O'quv jarayoni sifatini ta'minlash maqsadida o'quv kurslarini so'nggi kuni tinglovchilar orasida qayta aloqa o'rnatish uchun anonim so'rovnoma o'tkaziladi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, o'quv kurslarini tashkillashtirishdagi muammolar hal etiladi va o'quv jarayonining sifati muntazam ravishda yaxshilanib boriladi.

Kurs qatnashchilarining ta'lim olishi, bilimi va ko'nikmalarini oshirish, ta'lim jarayonini to'laqonli tashkil qilish uchun, o'quv auditoriyalari zamonaviy va barcha qulayliklarga ega jihozlar bilan to'liq ta'minlangan.

Eng avvalo, o'quv-kurslarini sifatli tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi doimiy ravishda to'liq tahlil qilinmoqda va qo'shimcha ravishda bajarilishi lozim bo'lgan ishlar belgilanib, amalga oshirish yo'lga qo'yilgan.

O'quv kurslari bo'yicha dasturlarni ishlab chiqish va treninglar o'tkazishda sifat, qiymat va natijaga e'tibor beriladi.

Bizning yuqori malakaga ega bo'lgan mutaxassislarimiz siz uchun zarur bo'lgan kurslarni tanlashda yordam berishga tayyorligini bildiradi!

Mazkur imkoniyatdan foydalaning va biz bilan birga bilim va ko'nikmalaringizni oshiring!

  • 2024-yilning III-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MА'LUMOT

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va hududlarda o‘quv jarayonlarini tashkil etish” bo‘limining 2024 yilning 9 oylik yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha

    MA’LUMOT

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarori, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarori, “Yangi O‘zbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga o‘zgartirish va qoʼshimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ o‘rtasida tadbirkorlar va aholining qiziquvchi qatlamiga “E-auksion.uz” elektron savdo platformasining asosiy vazifalari hamda auktsionlarda ishtirok etish shartlari toʼgʼrisida bilim va ko‘nikmalarni berib borish maqsadida memorandum imzolandi. Mazkur memorandum doirasida buguni kunga qadar Hududiy filiallar tomonidan tashkil qilinayotgan barcha kurslarda “E-auksion.uz” elektron savdo platformasi xodimlari ishtiroki ta‘minlanib, aholiga qoʼshimcha bilimlar berilib kelinmoqda.

    Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-306-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan oʼquv dasturini 38 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi loyihasining video ma‘ruza matni, taqdimot, video ma‘ruza va tarkqatma materiallarni tayyorlab berish boʼyicha hisob-kitob ma‘lumotlari (kalkulyatsiya) va o‘zaro hamkorlik shartnoma loyihasi ishlab chiqildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi340-son qarorida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi O‘zbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni ijrosini ta‘minlash, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularning bandligini ta‘minlash va shu orqali ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, kasb-hunarga yo‘naltirish samaradorligini oshirish, ularni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy maktabning O‘quv-uslubiy bo‘limi bilan hamkorlikda 40 akademik soatga mo‘ljallangan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini tashkil etish” mavzusidagi o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqildi.

    Oliy maktabning Biznesni boshqarish (MBA) kafedrasi bo‘limi bilan hamkorlikda 44 akademik soatga mo‘ljallangan “Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kursining dastur loyihasi ishlab chiqildi.

    Bundan tashqari, Bosh vazirning 2024 yil 15 yanvardagi 03/1-123-sonli topshirig‘iga asosoan 15-16 may kunlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 2 229 nafar hokim yordamchilarining malakasi oshirilib sertifikatlar taqdim etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga oʼzgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlas