Toshkent shahridagi Ajou Universiteti birinchi prorektori Byung Kwan Kim MBA in IT-Business tinglovchilari bilan suhbat

Toshkent shahridagi Ajou Universiteti birinchi prorektori Byung Kwan Kim MBA in IT-Business tinglovchilari bilan suhbat #gsbe #ajou #dualdegree #study #studyabroad

2025-yil 18-fevral kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Koreyaning Ajou Universiteti bilan hamkorlikda “MBA in IT-Business” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 2024-2025 o‘quv yili 1-bosqich tinglovchilari uchun Toshkent shahridagi Ajou Universiteti birinchi prorektori Byung Kwan Kim tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi “What lie ahead of us?: The next big industries that will shape the future of global economy” mavzusida bo‘lib, unda Oliy biznes maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Shaxrux Sharaxmetov, Toshkent shahridagi Ajou Universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha direktor Lee Sang Hyon, “MBA in IT-Business” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilar va 1-bosqich tinglovchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda Shaxrux Sharaxmetov, Koreya Respublikasining Ajou Universitetida qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha 2-bosqichni tamomlagan tinglovchilarni tabriklab, ularning kelajakdagi kasbiy mahoratlariga muvaffaqiyat tiladi.

 

Tadbirda taqdim etilgan mahorat darsi global iqtisodiyotning kelajakda shakllanishiga ta’sir etuvchi eng yirik sanoatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan ishtirokchilarga yangi bilimlar taqdim etdi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Ajou Universitetining o‘zaro hamkorligi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir kelajakda akademik va amaliy sohalarda muvaffaqiyatli natijalar keltirishgaishonamiz.

Muhokamalar yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to‘liq javob olishdi. 

Toshkent shahridagi Ajou Universiteti birinchi prorektori Byung Kwan Kim MBA in IT-Business tinglovchilari bilan suhbat